35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
янв.21
“Аёллар дафтари” доирасида амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди
"Qorasuv" mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishildi

#kotibiyat_mudiri_faoliyati
#nazorat_tahlil

"Qorasuv" mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishildi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi raisi A.Choriyev hamda Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev Qiziriq tumanining "Qorasuv" mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mahallada amalga oshirilgan infratuzilma loyihalari, xususan, ichki ko‘chalarda bajarilgan asfaltlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida mahalla aholisining harakatlanishi uchun qulay sharoitlar yaratilgani, ichki yo‘llarning transport qatnovi va piyodalar uchun ancha yaxshilangani alohida qayd etildi.

Shuningdek, mas’ullar tomonidan mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan mahalla faollari bilan muloqot qilinib, hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirish, obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Yakunda hududda amalga oshirilayotgan ishlarning sifatini doimiy nazorat qilish, mavjud ijobiy tajribani boshqa mahallalarda ham keng joriy etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4