35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
янв.21
“Аёллар дафтари” доирасида амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди
MAHALLIY IJRO VA VAKILLIK ORGANLARI HAMKORLIGIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 23-“Nomdanak” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Elmurod Po‘latov hamda tuman Kengashi raisi Faxritdin Dadamatov tomonidan tegishli mutasaddi
rahbarlar ishtirokida tumanimizdagi “Boyqozon” mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.Muloqotda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda aholi vakillari ishtirok etib, hududda mavjud muammolar va fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan o‘z taklif hamda murojaatlarini bildirdilar.Bildirilgan har bir murojaat va taklif mas’ul rahbarlar ishtirokida joyida o‘rganilib, muammolarning yechimi yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi. Murojaatlarning ijrosini ta’minlash,ularning natijadorligini nazorat qilish hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.Mazkur ochiq muloqot mahalliy ijro va vakillik organlarining o‘zaro hamkorligi, aholi bilan bevosita va ochiq muloqot olib borish, fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish hamda ularni amaliy natija bilan ta’minlash borasidagi ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.Bu esa tuman hokimligi va xalq deputatlari Kengashi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholi manfaatlarini ta’minlash hamda hududlarni kompleks rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
  

Slide 1 of 4