35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
"Vatan tinchligi va xavfsizligi — umumiy mas'uliyat" mavzusida uchrashuv o‘tkazildi
#qonun_19_1_modda
#doimiy_komissiya
#deputatlik_nazorati
#tavsiyalar
#ekspert_guruhi
#162_qonun

"Vatan tinchligi va xavfsizligi — umumiy mas'uliyat" mavzusida uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev tomonidan "Vatan tinchligi va xavfsizligi — umumiy mas'uliyat" mavzusida JIEM-20 shaxsiy tarkibi bilan ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida yurt tinchligi va osoyishtaligini asrash, jamoat xavfsizligini ta'minlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash hamda har bir fuqaroning Vatan ravnaqi yo‘lidagi mas'uliyati haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, bugungi murakkab geosiyosiy sharoitda hushyorlikni oshirish, fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash va xizmat vazifalarini sidqidildan bajarishning ahamiyati alohida ta'kidlandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, yurt tinchligi va xavfsizligini ta'minlash yo‘lida hamjihatlikda harakat qilish muhim ekani qayd etildi.


Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 3