35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Elektron tijorat sohasini takomillashtirishga oid qonun muhokama qilindi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga elektron tijorat sohasini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyati, uni tumanda targ‘ib qilish hamda ijrosini ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, mazkur Qonun elektron tijorat sohasida to‘lovlarni amalga oshirish, transchegaraviy elektron tijoratni tartibga solish, raqamli mahsulotlar eksporti va importining o‘ziga xos jihatlarini huquqiy jihatdan mustahkamlashga xizmat qiladi.

Qonun elektron tijorat ishtirokchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, adolatli raqobat muhitini yaratish hamda raqamli iqtisodiyot rivojini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan