35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
#qonu_targʻiboti Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Unda kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova va ekspert-maslahat guruhi a’zosi, Nuroniy jamg‘armasi shahar boʻlimi boshligʻi S.Toshpo‘latov ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda deputat G‘.Madumarovga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-226-son “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati hamda uning bugungi kundagi ijrosi shuningdek saylov okrugidagi Xoʻjaporso MFYda oʻrganishalar olib borganligi atroflicha muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida mazkur Qonunning asosiy maqsadi yong‘in xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini, yuridik hamda jismoniy shaxslarning mol-mulkini, shuningdek atrof-muhitni yong‘inlardan ishonchli himoya qilishga qaratilgani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, yong‘inlarning oldini olish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish, mas’ul tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish hamda aholining bu boradagi huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan qonun ijrosini ta’minlash, hududlarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini izchil ta’minlash, profilaktik ishlarni yanada samarali tashkil etish hamda mas’ul idoralar bilan hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4