Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING  NAVBATDAGI YIGIRMA OLTINCHI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахслар ҳуқуқлари ва имтиёзлари ўрганилди
янв.21
Сессияси кун тартибига киритилиши режалаштирилган масалалар жойига чиққан ҳолда ўрганилди
янв.21
Халқ депутатлари Конимех туман Кенгашининг ЎзЛиДеПдан сайланган депутати Алишер Жайнаров, Ўзбекистон “Адолат” СДП Конимех туман Кенгаши раиси Қ.Жанхужаев иштирокида туманда ПҚ–49-сон қарори ижроси доирасида амалга оширилаётган ишлар ўрганилди.
янв.21
Шу ойда сессияга киритиладиган масалалар қоида тариқасида жойига чиқиб ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Депутат ногиронлиги бўлган фуқаролар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Аҳоли саломатлиги — доимий эътибор марказида
янв.21
ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ
Nurobod mahallasidagi muammolar deputat tomonidan o‘rganildi

Nurobod mahallasidagi muammolar deputat tomonidan o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O‘zbekiston “Adolat” SDPdan saylangan "23-Haqiqat" okrugi deputati Artur Xaydarov Nurobod mahallasi aholisidan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan hududda o‘rganish olib bordi.

🚨 O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan 2023-yilda boshlangan “Obod mahalla” dasturi doirasidagi ayrim ishlar yakuniga yetkazilmagani, sug‘orish tarmoqlari, ichki yo‘llarning asfalt qoplamasi, bolalar maydonchalari, avtoturargohlar hamda hududdagi boshqa infratuzilmaviy masalalar bo‘yicha murojaatlar bildirildi. Shuningdek, tungi yoritish tizimini yaxshilash, videokuzatuv kameralarini o‘rnatish va xavfsizlik infratuzilmasini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

↗️ Deputat fuqarolar bilan muloqot davomida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 25-maydagi "Uchtepa tumani mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida"gi III-29-42-14-202-K/26-sonli qarori mazmun-mohiyatini tushuntirib berdi. Mazkur qarorga muvofiq, Toshkent shahridagi mahallalarni kompleks rivojlantirish ishlari uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratilgan bo‘lib, “Bog‘iston”, “Farhod”, “Nurobod” va “Yangiyo‘l” mahallalarida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari uchun zarur moliyalashtirish manbalari belgilangan.

🗣 Ta’kidlanganidek, ajratilgan mablag‘larning bir qismi Nurobod mahallasidagi qolgan ishlarni yakunlash va mavjud muammolarni bartaraf etishga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu hudud uchun taxminan 2 mlrd. 800 mln. so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

📝 Deputat ko‘tarilgan masalalarni shaxsiy nazoratiga olishini, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda mavjud muammolarni atroflicha o‘rganib, ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.

💼 Mazkur o‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Usmanov Anvar Baxramovich ham ishtirok etdi.

🔼 Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar va hududda amalga oshiriladigan ishlar deputatlik nazoratida bo‘lib, natijalar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Slide 1 of 6