Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING  NAVBATDAGI YIGIRMA OLTINCHI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахслар ҳуқуқлари ва имтиёзлари ўрганилди
янв.21
Сессияси кун тартибига киритилиши режалаштирилган масалалар жойига чиққан ҳолда ўрганилди
янв.21
Халқ депутатлари Конимех туман Кенгашининг ЎзЛиДеПдан сайланган депутати Алишер Жайнаров, Ўзбекистон “Адолат” СДП Конимех туман Кенгаши раиси Қ.Жанхужаев иштирокида туманда ПҚ–49-сон қарори ижроси доирасида амалга оширилаётган ишлар ўрганилди.
янв.21
Шу ойда сессияга киритиладиган масалалар қоида тариқасида жойига чиқиб ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Депутат ногиронлиги бўлган фуқаролар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Аҳоли саломатлиги — доимий эътибор марказида
янв.21
ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ
#tavsiyalar_asosida
#tavsiyalar_asosida

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, kotibiyat mudiri Sh. Isamutdinov, Kengashning agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha komissiya raisi A. Ergashev hamda mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar Amir Temur MFYdagi mahalla guzari holati bilan tanishdilar.

O‘rganish davomida guzardagi mavjud holat, obodonlashtirish ishlari va hududning umumiy tartibi ko‘zdan kechirildi. Hududni yanada chiroyli va fayzli maskanga aylantirish, obodonlashtirish ishlariga jiddiy yondashish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Shu bilan birga, obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida 13-iyun kuni hududda hashar yo‘li bilan keng ko‘lamli tozalash va obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirish rejalashtirildi. Mazkur hashar doirasida mahalla guzari va uning atrof hududlarini tartibga keltirish, chiqindilardan tozalash hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kuchaytirish belgilandi. Tadbirda mahalla faollari va keng jamoatchilik ishtiroki ta’minlanishi ko‘zda tutilmoqda.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 3