Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING  NAVBATDAGI YIGIRMA OLTINCHI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахслар ҳуқуқлари ва имтиёзлари ўрганилди
янв.21
Сессияси кун тартибига киритилиши режалаштирилган масалалар жойига чиққан ҳолда ўрганилди
янв.21
Халқ депутатлари Конимех туман Кенгашининг ЎзЛиДеПдан сайланган депутати Алишер Жайнаров, Ўзбекистон “Адолат” СДП Конимех туман Кенгаши раиси Қ.Жанхужаев иштирокида туманда ПҚ–49-сон қарори ижроси доирасида амалга оширилаётган ишлар ўрганилди.
янв.21
Шу ойда сессияга киритиладиган масалалар қоида тариқасида жойига чиқиб ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Депутат ногиронлиги бўлган фуқаролар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Аҳоли саломатлиги — доимий эътибор марказида
янв.21
ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ
“Open Budjet – 2026” loyihalari ijrosi deputatlar nazoratida

“Open Budjet – 2026” loyihalari ijrosi deputatlar nazoratida

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan 2026-yilgi “Open Budjet” loyihalarining amalga oshirilish jarayonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

🇺🇿 Yig‘ilishni xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi raisi Jafar Ismanov olib bordi. Unda doimiy komissiya raisi, deputat Jamshid Karimov, Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, tuman hokimining oʻrinbosari Oybek Raxmonberdiyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilovlar ishtirok etdi.

🗣 Yig‘ilish davomida “Open Budjet” loyihasining 2026-yil I-mavsumi yakunlariga ko‘ra, g‘olib deb topilgan obyektlarda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, loyiha-smeta hujjatlarining sifati, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda amaldagi qurilish me’yorlariga muvofiqligi muhokama qilindi. Xususan, tumandagi 360-sonli, 340-sonli, 604-sonli va 436-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda 1-sonli sport maktabida amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha mas’ul loyiha tashkilotlari vakillarining hisobotlari tinglandi.

↗️ O‘rganilgan hujjatlarga ko‘ra, 360-sonli DMTT hududidagi ichki va tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash, hovli va xo‘jalik infratuzilmasini ta’mirlash ishlari uchun 1 milliard 580 million so‘m mablag‘ ajratilgan. 1-sonli sport maktabida esa bino ichki qismini mukammal ta’mirlash, isitish tizimini yangilash, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda quyosh panellari o‘rnatish ishlari uchun 1 milliard 648 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

⚡️ Shuningdek, 340-sonli DMTTda eshik-romlarni yangilash, fasad qismini ta’mirlash va muhandislik tarmoqlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha 1 milliard 648 million so‘mlik, 604-sonli DMTTda esa ichki va tashqi kommunikatsiya tarmoqlarini ta’mirlash hamda kanalizatsiya tizimini yangilash bo‘yicha 1 milliard 320 million so‘mlik loyiha amalga oshirilmoqda. 436-sonli DMTTda barcha xo‘jalik va muhandislik tarmoqlarini ta’mirlash, qo‘shimcha guruh xonalarini tartibga keltirish ishlari uchun 1 milliard 620 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

📊 Yig‘ilish davomida deputatlar va mutaxassislar tomonidan loyiha-smeta hujjatlarining amaldagi me’yoriy talablarga muvofiqligi yuzasidan atroflicha tahlil olib borildi. Loyiha tashkilotlari vakillariga qurilish materiallari sifati, ishlarning bajarilish muddatlari, texnik nazorat mexanizmlari hamda mablag‘lardan samarali foydalanish bo‘yicha qator savollar berildi.

💬 Muhokamalar yakunida obyektlarda ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, loyiha-smeta hujjatlariga qat’iy rioya etish, qurilish jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

⚙️ Ta’kidlanganidek, “Open Budjet” loyihalari doirasida amalga oshirilayotgan mazkur tashabbuslar ta’lim va sport infratuzilmasini yanada yaxshilash, bolalar uchun zamonaviy va xavfsiz sharoitlar yaratish hamda hudud aholisi ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Doimiy komissiya tomonidan ushbu loyihalarning ijrosi ustidan nazorat ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 7