35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
янв.21
“Аёллар дафтари” доирасида амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI VA IJTIMOIY XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 7-Xisarak saylov okrugidan saylangan deputat Mannonov Abduzarif Abduraufovich o‘zi saylangan hududdagi “Chinorbuloq” mahallasida bo‘lib, “Mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.O‘rganishlar davomida mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga xizmat ko‘rsatish, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash borasidagi faoliyati tahlil qilindi. Xususan, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.O‘rganish natijalariga ko‘ra, mahalla ijtimoiy xodimi S. Umarov tomonidan hududdagi davlat ta’minotida bo‘lgan 16 nafar fuqaroga “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlari to‘liq va manzilli yetkazilgani qayd etildi.Shuningdek, operatsiyaga muhtoj bo‘lgan 5 nafar bolaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maxsus jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bepul tibbiy xizmatlardan foydalanish uchun yo‘llanmalar berilgani ma’lum qilindi.O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasining amaliyot o‘tayotgan kursantlari bilan ham uchrashuv tashkil etilib, ularning amaliy faoliyati, mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish hamda aholi bilan ishlash bo‘yicha olib borayotgan ishlari yuzasidan fikr almashildi.Yakunda deputat tomonidan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash ishlarini tizimli davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 2