35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
янв.21
“Аёллар дафтари” доирасида амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди
#tavsiyalar_asosida
#tavsiyalar_asosida

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, kotibiyat mudiri Sh. Isamutdinov hamda mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar Mirzo Ulug‘bek tumani namunasi asosida tashkil etilayotgan 24/7 rejimda ishlaydigan ko‘cha infratuzilmasi hamda fuqarolar uchun yaratilgan dam olish joylarini ko‘zdan kechirdi.

Tanishuv davomida mazkur hududda barpo etilgan zamonaviy o‘rindiqlar, yashil hududlar, yoritish tizimlari hamda aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Ushbu dam olish maskanlari fuqarolar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Tashrif yakunida mas’ullarga obodonlashtirish ishlarini davom ettirish, dam olish joylarini doimiy tartibda saqlash hamda aholi uchun yanada qulay sharoitlarni kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 3