35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
янв.21
“Аёллар дафтари” доирасида амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди
Deputatlar melioratsiya obyektida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi

Deputatlar melioratsiya obyektida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova hamda tuman Kengashi deputati Q.Igamberdiyevalar Qiziriq tumanidagi K-5-10 zovuri rekonstruksiya obyektida bo‘lib, tuman Melioratsiya bo'limi tomidan amalga oshirilayotgan yerosti tonnelini ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida rekonstruksiya ishlari jarayoni, qurilish-montaj ishlarining sifati, loyiha doirasida belgilangan vazifalarning bajarilish holati hamda obyektni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mazkur obyektning foydalanishga topshirilishi sug‘orish va melioratsiya tizimi samaradorligini oshirish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini suv bilan barqaror ta’minlash hamda hudud infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Deputatlar tomonidan mas’ul tashkilot vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, ishlarning borishi va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan ma’lumotlar olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#J_Xudoyqulova #Q_Igamberdiyeva

Slide 1 of 3