35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
янв.21
“Аёллар дафтари” доирасида амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди
Deputat M. Abdurahmonova Navro‘z MFYda ichki yo‘llar holatini o‘rgandi

Marg‘ilon shahrida yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida deputat M.Abdurahmonova Navro‘z mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalani joyiga chiqib o‘rgandi.

O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-son qarori ijrosi doirasida olib borildi. Unda Marg‘ilon shahridagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun shakllantirilayotgan dastlabki manzilli ro‘yxatning amaliy holati ko‘zdan kechirildi.

Deputat mahalla hududidagi ichki ko‘chalar va yo‘llarning bugungi holatini o‘rganib, mavjud muammolar, aholi murojaatlari hamda yo‘llarni ta’mirlashga bo‘lgan ehtiyoj darajasini ularni manzilli ro‘yxatga kiritish yuzasidan taklif va mulohazalar muhokama etdi.

Mahalla aholisi bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlar davomida fuqarolar ichki yo‘llarning holati, transport qatnovi uchun yaratilgan sharoitlar hamda infratuzilmani yanada yaxshilash bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirdilar. Ushbu takliflar kelgusida yo‘llarni ta’mirlash va saqlash dasturlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 7