35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
янв.21
“Аёллар дафтари” доирасида амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди
Nurobod tumani Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 21-sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2025-yil 15-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025–2028-yillarga mo‘ljallangan dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ–250-sonli qarori ijrosining tumandagi holati muhokama qilindi.
Mazkur masala yuzasidan “Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi” huzuridagi Meliorativ ekspedisiyasi tuman bo‘limi boshlig‘i O.Mannayevning hisoboti eshitildi. Hisobotda hududlarda amalga oshirilayotgan melioratsiya ishlari, suv resurslaridan samarali foydalanish hamda irrigatsiya tizimlarini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar xususida axborot berildi.
️Shuningdek, yig‘ilishda tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i D.Rustamovning Nurobod tumanida “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi axboroti ham muhokama qilindi.
Muhokamalar yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar doimiy komissiya a’zolari tomonidan bir ovozdan ma’qullanib, tegishli qarorlar tasdiqlandi.

Slide 1 of 4