35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
янв.21
“Аёллар дафтари” доирасида амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani tajribasi asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita” hamda uning doirasida amalga oshirilayotgan “Tumanda “Zarbdor” tajribasi asosida shakllantirilgan 2-bosqich “Drayver” loyihalariga zarur infratuzilmani yaratish ishlari” bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyat mudiri, deputat X.Berdiyarova, tuman deputati A.Ibadullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassislari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida “Yo‘l xarita”ning 49-bandida belgilangan “Boboyurt” va “Uchturgon” mahallalari hududidagi ijaraga berilgan 115 gektar yer maydonlarini oqava suv bilan ta’minlash” bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi.

Xususan, “Uchturgon” mahallasida yoshlarga ijaraga ajratilgan yer maydonlarida yaratilayotgan infratuzilma sharoitlari o‘rganilib, bugungi kunga qadar 180 nafar yoshga ajratilgan yer maydonlaridagi 5 ta kontur oqava suv bilan ta’minlangani aniqlandi.

O‘rganish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini jadallashtirish, yer maydonlaridan samarali foydalanish hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4