Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Termiz shahar Kengashida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalasi muhokama qilinmoqda
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PF–185-sonli “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida Termiz shahrida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilinmoqda.

📌 Kun tartibidagi asosiy masala — 2026-yilning I choragi davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, aholi va hududlarni muhofaza qilish hamda sohaga oid tizimli chora-tadbirlarning samaradorligini tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.

💬 Yig‘ilish davomida shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan hisobot taqdim etilib, unda:
▶️ yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olib borilgan profilaktik tadbirlar;
▶️aholi o‘rtasida targ‘ibot va tushuntirish ishlari;
▶️ favqulodda holatlarga tezkor javob berish tizimi;
▶️ mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

💬 Muhokamalar davomida doimiy komissiya a’zolari tomonidan sohaga oid mavjud muammolar, hududlarda xavfsizlik infratuzilmasini mustahkamlash, aholi xabardorligini oshirish hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surildi.

💬 Shuningdek, mas’ul tashkilotlarga yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p qavatli uy-joylarda profilaktik o‘rganishlarni davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✔️Yig‘ilish yakunida mazkur masalani xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

🫥Mas’ullar:
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi — A. Mustafakulov.

Kotibiyat bosh mutaxassisi — R. Mamashukurov.
Slide 1 of 3