Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumanidagi “Muqimiy” mahallasida viloyat hamda tuman Kengashi deputatlari Abdurasul Bababekov va Eldor Erkaboyevlar ishtirokida saylovchilar bilan ochiq uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida deputatlar tomonidan joriy yilning 1-choragi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarda erishilgan natijalar yuzasidan batafsil axborot berildi.

Shuningdek, uchrashuvda fuqarolar tomonidan hudud infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi, ichimlik suvi, bandlik hamda yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha taklif va murojaatlar bildirildi.

Deputatlar tomonidan har bir murojaat atroflicha tinglanib, ularni qonunchilik doirasida hal etish, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv ochiq muloqot va konstruktiv fikr almashuv ruhida o‘tdi.

Slide 1 of 5