Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
#tavsiyalar_asosida_chiqindi_muammosi
#tavsiyalar_asosida_chiqindi_muammosi

Muammo joyiga chiqib o‘rganildi — yechim izlanmoqda.

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov hamda mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar tomonidan Arabaxona MFY hududida yuzaga kelgan chiqindilar bilan bog‘liq muammo joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bilan bog‘liq ayrim kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Ayrim joylarda chiqindilarning o‘z vaqtida olib chiqilmasligi natijasida noqulay holatlar yuzaga kelgani kuzatildi. Bu esa nafaqat hududning sanitariya holatiga, balki aholi turmush tarziga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Masala yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, maxsus konteynerlar sonini ko‘paytirish hamda hududni toza saqlash bo‘yicha choralar ko‘rish zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, aholining ekologik madaniyatini oshirish, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash borasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

Mazkur yo‘nalishda amaliy ishlar olib borilishi hamda muammoni bartaraf etish yuzasidan nazorat davom ettiriladi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 5