Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Fuqarolar murojaati deputatlar tomonidan hal etildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Fuqarolar murojaati deputatlar tomonidan hal etildi

🏛 Mirzo Ulug‘bek tumani “Buyuk Ipak Yo‘li” mahallasi fuqarolari hududdagi chiqindilarni tashlash shoxobchasini boshqa yerga ko‘chirilmaslik va o‘z joyida qoldirish bo‘yicha mahalliy Kengash deputatlariga yozma murojaat bilan chiqishdi.

📝 Ushbu murojaatlar bo‘yicha Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Shomansur Sagdullayev va Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Shoanvar Shomaxmudov okrugidagi saylovchilar bilan uchrashdi.

📉 Uchrashuvda tuman hokimligi, maxsustrans, obodonlashtirish, sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va Respublika yo‘l harakati boshqarmasi rahbarlarining ham ishtiroki tashkil etildi.

🔎 Deputatlarning hamkorlikda o‘tkazgan ushbu tadbirida har-bir tashkilot rahbarining shoxobchani o‘z o‘rnida qoldirish yuzasidan fikr-mulohazalari eshitilib, shoxobchani o‘z o‘rnida qoldirish va sanitar holatini belgilangan norma talablari asosida tartibga keltirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

🗣 Ijobiy yakun topgan tadbir yuzasidan fuqarolar o‘zlari saylagan deputatlarga minnatdorchilik bildirdilar. Mutasaddi tashkilotlar deputatlarga o‘z joyida qoldirilgan shoxobchani sanitar holatini belgilangan norma talablari asosida tartibga keltirish yuzasidan ishlar amalga oshirilayotganligini ma’lum qildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7