Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI.

Bugun Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 13-Istiqbol saylov okrugidan saylangan deputat Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna Parkent tumani Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishdi. O‘rganish jarayonida muassasa kutubxonachilarining ish faoliyati, markazdagi mavjud kitoblar umumiy fondi, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda axborot-kutubxona xizmatlari sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan markaz xodimlari bilan suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida ayni paytda muassasada 52 937 ta kitob mavjudligi, umumiy fond 66 722 tani tashkil etishi hamda kitobxonlar soni 9 427 nafar ekani ma’lum qilindi. Shuningdek, uchrashuv davomida muassasa xodimlarining muammo va takliflari tinglanib, kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ular orasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish muhimligi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 3