Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
⚽️ Shovotda sportga e’tibor: “Shohobod” futbol klubi qo‘llab-quvvatlanmoqda ⚽️

Shovot tumanida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ommaviy sportni rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, yoshlarni sportga keng jalb etish va futbol infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🏟 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 2026-yil 12-maydagi VII-25-52-12-177-K/26-sonli qaroriga asosan, tumandagi “Shohobod” futbol klubining Ikkinchi liga musobaqalarida munosib ishtirok etishini ta’minlash maqsadida mablag‘ ajratildi.
62 000 000 so‘m ajratildi! 💰
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-17-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida qabul qilinib, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yo‘naltiriladi.
Ajratilgan mablag‘lar futbol klubining musobaqalarda ishtirokini ta’minlash, sportchilarni rag‘batlantirish va tadbirlar xarajatlarini qoplashga sarflанади.
🔥 Ushbu tashabbus tumanda futbolni rivojlantirish va yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim qadam bo‘ldi.
Qaror ijrosini nazorat qilish G. Dosova zimmasiga yuklatilgan.
⚽️ Shovot futboliga va “Shohobod” jamoasiga ulkan zafarlar tilaymiz! 🏆🔥