Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Mirobod tumanida obodonlashtirish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

📍 Mirobod tumanida obodonlashtirish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Mirobod tumani “Farovon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Afrasiyob 12/1-ko‘p qavatli uy atrofida daraxt shoxlarining tartibsiz o‘sib ketgani hamda mazkur holat aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotgani yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

🔎 Mazkur murojaat asosida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanbayev tomonidan Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga deputatlik so‘rovi yo‘lladi.

📝 Jumladan, Farovon MFY hududidagi Afrasiyob 12/1-ko‘p qavatli uy atrofidagi daraxt shoxlarini belgilangan tartibda butalash, hududni tartibga keltirish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish zarurligi qayd etildi.

📂 Shuningdek, hududda obodonlashtirish ishlarini yanada sifatli tashkil etish, ayniqsa baland bo‘yli daraxtlarni parvarishlash jarayonlarida zamonaviy texnik vositalardan samarali foydalanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish taklif etildi.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan o‘rganish o‘tkazilib, amalga oshiriladigan choralar hamda natijalari bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1