Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
📚 Maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati A.Kalandarov tomonidan o‘z saylov okrugidagi 44-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.

📖 O‘rganish jarayonida kutubxonadagi kitob fondi, badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi, o‘quvchilarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

📝 Shuningdek, kutubxonada o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, yangi adabiyotlar bilan ta’minlash holati hamda kitob fondini boyitish masalalari muhokama qilindi. Ayniqsa, yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiluvchi badiiy asarlar va zamonaviy adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyoj yuzasidan fikr almashildi.

🤝 Uchrashuv davomida maktab rahbariyati va kutubxona mas’ullariga kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, o‘quvchilarni mutolaaga keng jalb qilish hamda kutubxona fondini boyitish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

✨ Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish va ularning bilim salohiyatini oshirishga qaratilgan bunday o‘rganishlar kelajak avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2