Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
#Deputat_faoliyati

#Deputat_faoliyati

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Kasimov "Nodirabegim" mahallasida istiqomat qilayotgan nuroniylar xonadoniga tashrif buyurib, ularning holidan xabar oldi. Tashrif davomida faxriylarimizning sog‘ligi, yashash sharoitlari hamda kundalik hayotidagi ehtiyojlari bilan yaqindan tanishdi.
Samimiy suhbat jarayonida nuroniylarimiz o‘zlarining boy hayotiy tajribalari bilan bugungi tinch va osoyishta hayotimizga shukronalik tuyg‘ularini izhor etdilar. Shuningdek, ular yoshlar tarbiyasi, mahalla hayoti va jamiyat rivoji yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Deputat tomonidan nuroniylarga hurmat va e’tibor ko‘rsatish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda muammolarini o‘z vaqtida hal etish doimiy e’tiborda ekani ta’kidlandi.

Yurtimizda nuroniylarni e’zozlash, ularga hurmat ko‘rsatish ezgu qadriyat sifatida ulug‘lanadi. Zero, ularning hayotiy tajribasi jamiyatimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi.

Slide 1 of 3