Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Aholi salomatligi — doimiy nazoratda
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati T.Berdiyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov Pattakesar mahallasida joylashgan 5-sonli oilaviy poliklinikasi Pattakesar-2 shaxobchasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

💬 O‘rganish jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

▶️Tibbiy xizmat sifati: Bemorlarni qabul qilish tizimi va ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning samaradorligi;

▶️Dori-darmon ta’minoti: Imtiyozli dori vositalari bilan ta'minlanganlik darajasi va dorixona faoliyati;

▶️Sharoitlar: Poliklinika xonalarning sanitariya holati va tibbiy jihozlarning sozligi;

▶️Raqamlashtirish: "Elektron poliklinika" tizimining ishlashi va navbatlarni tartibga solish holati.

Mazkur o‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida” 265-I-son Qonuni talablariga muvofiq amalga oshirilmoqda.

💬Ushbu qonunga ko‘ra:
▶️fuqarolarga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatish kafolatlanadi.
▶️tibbiyot muassasalarida zamonaviy sharoitlar yaratilishi shart.
▶️aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

💬Deputat tibbiyot xodimlariga aholi murojaatlariga e'tiborli bo'lish va ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish bo'yicha tavsiyalar berdi.

🫥Inson salomatligi — jamiyatning eng oliy boyligidir!
Slide 1 of 3