Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Deputat faoliyat

Bugun “Adolat” SDPdan saylangan xalq deputati tuman Kengashi 8-Kattaxovuz saylov okrugi deputati Islomova Dildora Shavkatovna tomonidan "Suzukota" mahalla fuqarolar yig'inida mahallada yashovchi aholi bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynayotgan muammolar tinglanib, har bir murojaat alohida qayd etildi.
Shuningdek, kelib tushgan murojaatlar asosida deputat joyiga chiqib, mavjud holatni bevosita koʻzdan kechirdi. Ayniqsa, infratuzilma, kommunal xizmatlar, yoʻllar va ijtimoiy obyektlarga oid masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.
Muammolarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy bartaraf etish belgilab olindi. Har bir masala nazoratga olinib, uning ijrosi yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Uchrashuv yakunida deputat D.Islomova aholi muammolarini joyida oʻrganish va ularning yechimini taʼminlash boʻyicha ishlarni faol davom ettirishini maʼlum qildi.

Slide 1 of 2