Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
“Yoshlar daftari” doirasidagi ishlar o‘rganildi

“Yoshlar daftari” doirasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov tuman Kengashiga 9-Gilambob saylov okrugidan saylangan deputat A.Kenjayev hududidagi “Xalqobod” mahallasida bo‘lib, mahalla yoshlar yetakchisi tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganishlar davomida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga belgilangan mezonlar asosida moddiy yordam ajratish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, o‘zini o‘zi band qilish uchun subsidiyalarni to‘g‘ri yo‘naltirish hamda yoshlarning ishga joylashishiga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, yoshlarning muammolari va ehtiyojlari asosida manzilli ishlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda kelgusida qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#A_Mamarajabov

Slide 1 of 2