Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
“Bog‘iston” mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi

“Bog‘iston” mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri K. Muhammadiyev hamda Kengash deputati N. Alimovlar tuman Kengashiga 17-Bog‘iston saylov okrugidan saylangan deputat U. Xo‘shboqovning saylov okrugida joylashgan “Bog‘iston” mahallasida bo‘lib, hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida hududdagi, jinoyatchilikning oldini olish hamda uni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik chora-tadbirlar holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi hisobotida “Bog‘iston” mahallasi jinoyatchilikdan holi hudud sifatida “sariq” toifadan “yashil” toifaga o‘tkazilgani yuzasidan ma’lumotlar bilan tanishildi.

O'rganish davomida hokim yordamchisi faoliyati ham o‘rganilib, uning hududda amalga oshirayotgan ishlar samaradorligi muhokama qilindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#K_Muhammadiyev_N_Alimov

Slide 1 of 5