Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
“Yakkaterak” mahallasida QVP faoliyati o‘rganildi

“Yakkaterak” mahallasida QVP faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi J.Xudoyqulova, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev hamda Kengash deputati M.Juraqulova “Yakkaterak” mahallasida joylashgan qishloq vrachlik punkti (QVP) faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar, dori-darmon ta’minoti hamda tibbiy jihozlarning holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, QVPda fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayoni, profilaktik tadbirlarning tashkil etilishi, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, surunkali kasalliklarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Deputatlar tomonidan mavjud muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish hamda aholiga sifatli va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#J_Donayev_J_Xudoyqulova_M_Juraqulova

Slide 1 of 4