Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
"Karmaki" mahallasida o'rganish ishlari olib borildi

"Karmaki" mahallasida o'rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi J.Xudoyqulova, Kengash deputati M.Juraqulova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayevlar “Karmaki” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallaning jismoniy va yuridik shaxslardan tushadigan daromad soliqlarining bir qismini mahalla hisob raqamiga qaytarilishi natijasida shakllangan “Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi” mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi. Jumladan, ushbu mablag‘larning hudud infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish yo‘nalishlarida samarali foydalanilishi tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalladagi qishloq vrachlik punkti (QVP) faoliyati ham o‘rganilib, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, mavjud sharoitlar hamda aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#J_Donayev_J_Xudoyqulova_M_Juraqulova

Slide 1 of 7