Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
“Yo‘lchi” mahallasi “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashiga 13-Shabada saylov okrugidan saylangan deputat Muxammadiyeva Barchin tomonidan xalq deputatlari tuman Kengashi bosh mutaxassisi B.Xoliqov bilan birgalikda tumandagi “Yo‘lchi” mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini baholash, aholini o‘ylantirayotgan dolzarb muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilashdan iborat bo‘ldi.

O‘rganish ishlari doirasida “mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan aholining ijtimoiy himoyasi, kam ta’minlangan va muhtoj oilalarga ko‘maklashish, ularni kambag‘allikdan chiqarish, shuningdek ishsiz fuqarolarni bandlikka jalb etish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 5