Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
“Burch, jasorat, matonat” shiori ostida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Iqbolxon Ashrapova tashabbusi bilan “Burch, jasorat, matonat” shiori ostida ma’rifiy-ma’naviy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ–406-son Qonuni mazmuniga hamohang ravishda o‘tkazildi. Ushbu Qonunda yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, yoshlarning huquq va manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ma’naviy, intellektual hamda ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan vazifalar belgilangan.

Tadbir davomida yosh avlodda Vatanga sadoqat, burchga mas’uliyat, jasorat, matonat, fidoyilik va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, jamiyat hayotida faol bo‘lish, bilim olish, o‘z ustida ishlash hamda yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shish zarurligi haqida tushunchalar berildi.

Bunday ma’rifiy tadbirlar yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va mahallalarda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3