Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
♻️ Shovot tumanida ekologik nazorat va sanitariya-tozalik ishlari o‘rganildi

🟢 Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputati E. Dushamov, Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri I. Masharipov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov tomonidan Ekopatrul xizmati Shovot tumani bo‘limi tomonidan tumanda olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

🔹 O‘rganish davomida hududlarda ekologik holatni yaxshilash, sanitariya-tozalikni ta’minlash, noqonuniy chiqindi tashlash holatlarining oldini olish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

🔹 Shuningdek, Ekopatrul xizmati tomonidan aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarni tozalik va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga chaqirish yuzasidan olib borilayotgan targ‘ibot ishlari ham muhokama qilindi.

🔹 Mutasaddilar tomonidan hududlarda ekologik barqarorlikni ta’minlash, mavjud muammolarni tizimli hal etish hamda sohada nazorat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🌱 Toza va obod muhit — sog‘lom hayot garovi.