Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumanining “Jo‘langar” va “Sarmich” mahallalarida 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati A.Amanlikov, tuman hokimi o‘rinbosari A. Alashukurov hamda Sirdaryo viloyati “Nuroniy” jamg‘armasi raisi O‘.Abdiyev ishtirok etib, yig‘ilganlarni ushbu qutlug‘ sana bilan tabrikladilar hamda tadbirni ochib berdilar.

Tadbir davomida hududda tashkil etilgan xotira maydoni va stendlar qurilishida faol ishtirok etib, obodonlashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shgan uch nafar faol nuroniy tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, tadbirda keksa avlod vakillarining ibratli hayot yo‘li, yurt tinchligi va Vatan ravnaqi yo‘lidagi fidokorona xizmatlari alohida e’tirof etildi. So‘zga chiqqanlar tomonidan yosh avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat hamda ajdodlar xotirasiga sadoqat ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan mazmunli fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir ko‘tarinki ruhda va samimiy muhitda tashkil etildi.

Slide 1 of 6