Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Deputat Yulduz Usmonova Bahor mahallasida yoshlar va aholi bandligi masalalarini o‘rgandi

📍Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Yulduz Usmonova Bahor mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati hamda hududdagi ijtimoiy masalalar yuzasidan o‘rganish olib bordi.

🔹 O‘rganish jarayonida mahalladagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi hamda mas’ullar bilan suhbatlashilib, aholi va yoshlar bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb qilish va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🔸 Shuningdek, mahallada “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar” asosida olib borilayotgan ishlar, ishga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash holati ham deputat tomonidan o‘rganildi.

🔺 Deputat Yulduz Usmonova mahalla faollari bilan muloqot davomida aholining murojaatlari, ayniqsa yoshlar bandligi va ularni doimiy daromad manbaiga ega qilish masalalari doimiy e’tiborda bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.

🔺O‘rganish yakunida mavjud muammolarni hal etish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallada ijtimoiy muhitni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2