Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Maktabgacha ta’lim muassasasida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va ovqat tayyorlash holati o‘rganildi

Maktabgacha ta’lim muassasasida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va ovqat tayyorlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudoyqulova Nargiza G‘aybullayevna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanovalar tomonidan “Bahor” MFY hududida joylashgan 31-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida monitoring ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida muassasada oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoiti, sanitariya-gigiyena talablari, oshxona faoliyati hamda bolalar uchun ovqat tayyorlash jarayonlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotida ayni paytda 360 nafar tarbiyalanuvchi bolalar ta’lim-tarbiya olmoqda. Monitoring davomida bolalarning sog‘lom va sifatli ovqatlanishini ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini nazorat qilish hamda belgilangan me’yorlarga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mas’ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, sanitariya talablariga qat’iy rioya qilish hamda bolalar salomatligini muhofaza qilish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5