Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
XALQ DEPUTATLARI NAVOIY SHAHAR KENGASHI DEPUTATI NILUFAR IRGASHEVANING FUQAROLAR BILAN UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

XALQ DEPUTATLARI NAVOIY SHAHAR KENGASHI DEPUTATI NILUFAR IRGASHEVANING FUQAROLAR BILAN UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Irgasheva Nilufar Uralovna tomonidan Navoiy shahar Tinchlik mahalla fuqarolar yig‘ini hududida fuqarolar bilan ochiq muloqot va uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan aholi manfaatlarini ta’minlash, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berildi.

Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, yoshlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida ham ma’lumotlar taqdim etildi.

Uchrashuv jarayonida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat va takliflarini bildirdilar. Ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Mazkur uchrashuv aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, ularning muammolarini o‘rganish va yechim topishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 3