Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
🏃‍♂️ Shovot tumanida sport obyektlaridagi sharoitlar va imkoniyatlar o‘rganildi 🏅

📘 “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (№ O‘RQ-394) ijrosi yuzasidan

📍 Shovot tumanida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Yoshlar maslahat guruhi a’zolari hamda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 O‘rganish jarayonida tumandagi sport obyektlarida yaratilgan sharoitlar, jumladan sport inshootlarining holati, hamshira xonasi faoliyati, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan imkoniyatlar, shuningdek, hujjatlarning yuritilishi va saqlanish tartibi atroflicha tahlil qilindi.

🏟 Shuningdek, aholini, ayniqsa yoshlarni sportga keng jalb etish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi ham o‘rganildi.

📊 Yakuniy natijalarga ko‘ra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va sohani yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqildi va mas’ul tashkilotlarga taqdim etiladi.

Slide 1 of 6