Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN PARKENT TUMANIDA XOTIRA TADBIRI O‘TKAZILDI

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Parkent tumanida urush faxriylari va mehnat fronti qatnashchilarini e’zozlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi, deputat Elmurod Po‘latov, tuman Kengashi raisi Faxriddin Dadamatov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Mavluda Berdiqulova, tuman Kengashi deputatlari, faxriylar hamda faollar ishtirok etdi.Tadbir avvalida ishtirokchilar “Motamsaro ona” haykali joylashgan xotira maydoniga jam bo‘lib, yurt tinchligi va xalq osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlar xotirasini yod etdilar. Shuningdek, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, tinchlik va barqarorlikni asrash, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlashda faxriylarning hayot yo‘li va jasorati yoshlar uchun katta ibrat ekani qayd etildi. Tadbir yakunida “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilib, qahramonlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi. 

Slide 1 of 3