Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xotira tadbiri tashkil etildi

🔹9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Samarqand viloyati kengashi raisi Bekzod Raximov, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi viloyat hududiy bo‘linmasi a’zolari Rashid Sherov va Ubaydulla Amirov, shuningdek, Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Samatovlar tomonidan Nurobod tumanining mard va jasur o‘g‘loni, Vatan ozodligi va xalqimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan Ismatulla Xo‘jayev xotirasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

🔹Tadbir doirasida marhumning oila a’zolari holidan xabar olinib, ularga hurmat va e’tibor ko‘rsatildi. Shu bilan birga, uning hayoti va jasorati yosh avlodga ibrat sifatida e’tirof etildi.

🔹Bugungi kunda 13-sonli umumta’lim maktabida Ismatulla Xo‘jayev xotirasiga bag‘ishlangan xotira burchagi tashkil etilgan bo‘lib, ishtirokchilar ushbu maskanda bo‘lib, uning jasorati haqida hikoya qiluvchi eksponatlar bilan tanishdilar. Shuningdek, u tahsil olgan maktab hovlisida o‘rnatilgan byust qarshisida xotira tadbiri o‘tkazilib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

🔹Tadbir ishtirokchilari tomonidan yurt tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilgan qahramonlar xotirasi abadiy ekani, ularning jasorati esa kelajak avlod uchun namuna bo‘lib qolishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5