Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi

🔹Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari D.Xushvaqtov va N.Murodova hamda tuman hokimi o‘rinbosari-oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Z.Sadinova, “Nurobod” gazetasi bosh muharriri N.Botirova, O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi raisi G.Shermatovalar ishtirokida Qo‘rg‘oncha mahallasi hududida joylashgan 47-umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 1-fevralda qabul qilingan “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘RQ-901-sonli Qonunining mazmun-mohiyati, pedagog xodimlarning huquq va majburiyatlari, ularning mehnat faoliyatidagi kafolatlar hamda ta’lim tizimida yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

🔹Shuningdek, pedagoglarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, ularning huquqlarini himoya qilish hamda ta’lim sifati samaradorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr almashildi.

🔹Uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan ta’lim sohasidagi mavjud masalalar yuzasidan taklif va mulohazalar ham bildirildi.

Slide 1 of 1