Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati G.Maxsudova hududda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv ochiq muloqot shaklida tashkil etilib, unda yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va muammolari atroflicha tinglandi.

Muloqot davomida, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, imtiyozli kredit va subsidiyalardan foydalanish, kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 

Shuningdek, oliy ta’limga kirish, xorijiy tillarni o‘rganish, zamonaviy kasblarni egallash hamda IT sohasiga qiziqishni oshirish bo‘yicha fikrlar bildirildi.

Deputat yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, mavjud dastur va loyihalar haqida batafsil ma’lumot berib, ulardan samarali foydalanish yuzasidan tavsiyalar berdi. 

Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport va madaniy tadbirlarni kengaytirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar asosida aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bosqichma-bosqich hal etish hamda ijrosini nazoratga olish belgilandi. Deputat yoshlar bilan bunday uchrashuvlarni muntazam davom ettirishini ta’kidladi.

Slide 1 of 2