Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
60 ta qo‘shimcha o‘rin va zamonaviy sharoitlar: Tuman Kengashi deputati qurilish obyektini o‘rgandi

60 ta qo‘shimcha o‘rin va zamonaviy sharoitlar: Tuman Kengashi deputati qurilish obyektini o‘rgandi

Tuman Kengashi deputati Nurjanov Qahramon Abdalyazovich “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida hududdagi ijtimoiy soha obyektlarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Xususan, deputat tumandagi 7-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya jarayonini borib o‘rgandi.

Mazkur obyektda eski 90 o‘rinli bino o‘rniga 150 o‘rinli zamonaviy bino qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 4 193,6 mln. so‘mni tashkil etadi.

O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:

• Qurilish ishlarining sifati va loyiha hujjatlariga mosligi;

• Belgilangan muddatlarga rioya etilishi;

• Ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar va qurilish materiallarining ta’minoti.

Rekonstruksiya natijasida bog‘cha qamrovi 60 nafarga ortadi va qishloq bolajonlari uchun zamonaviy sharoitlarda ta’lim-tarbiya olish imkoniyati kengayadi.

Deputat tomonidan qurilishning har bir bosqichi sifatli yakunlanishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Jarayon xalq vakilining doimiy nazoratida qolmoqda.

Slide 1 of 3