Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Mahalladagi muammolarni joyida hal etish: Sayyor qabulda muammolar yechimini topdi

Sayyor qabulda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Sh.Lolayev boshchiligida, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda bir guruh shahar Kengashi deputatlari ishtirok etdilar. Shuningdek, shahar hokimligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy himoya, bandlik hamda elektr energiyasi, gaz va suv ta’minoti korxonalari mas’ullari ham jalb qilindi.

🔅Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning 56 tasiga shu joyning o‘zida ijobiy yechim topildi. Bu esa fuqarolar murojaatlarini tezkor, sifatli va samarali hal etishning amaliy namunasini ko‘rsatdi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha esa nazorat o‘rnatilib, ijro muddati belgilandi.

💬 Sayyor qabul jarayonida aholining kundalik hayotiga taalluqli eng muhim muammolar muhokama qilindi:

✔️

 Bandlik va tadbirkorlik: Yangi ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlikni boshlash uchun zarur ko‘mak va imtiyozli kreditlar ajratish.

✔️ Ijtimoiy himoya: Ko‘makka muhtoj oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va yolg‘iz keksalar uchun zarur ijtimoiy yordamlarni taqdim etish.

✔️ Tibbiy xizmat sifatini oshirish: Tibbiy muassasalarga yo‘naltirish, davolash masalalarida ko‘maklashish.

✔️ Kommunal xizmatlar: Elektr, gaz, suv ta’minotidagi uzilishlar va boshqa muammolarni bartaraf etish.

✔️ Kredit olish imkoniyatlari: Tadbirkorlikni rivojlantirish yoki ijtimoiy muammolarni hal etish uchun zarur kreditlarni olish tartiblari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

🫥Sayyor qabulning asosiy maqsadi — fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘rnatish, ularning muammolarini tezkor va sifatli hal etish orqali yurtimizda "inson qadri" tamoyilini yanada mustahkamlashdir. Ushbu tadbir aholining davlat va mahalliy hokimiyat organlariga bo‘lgan ishonchini oshirishga xizmat qildi.

Slide 1 of 4