Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani tajribasi asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita” hamda uning doirasida “Boyovut tumanida qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish” yo‘nalishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan deputat J. Rahmonqulov tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

 Xususan, “Yo‘l xarita”ning 30-bandida nazarda tutilgan aholiga ijaraga berilgan 120,1 gektar qishloq xo‘jaligi ekin yerlarida «bir kontur – bir mahsulot» tamoyili asosida mahsulot yetishtirish holati o‘rganildi. 

O‘rganishlar davomida mazkur tamoyil asosida yer maydonlaridan samarali foydalanish, har bir konturda aniq bir turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish orqali hosildorlikni oshirish, agrotexnik tadbirlarni tizimli tashkil etish hamda bozorbop mahsulotlar yetishtirishga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, hududda ekin turlarini ixtisoslashtirish, resurslardan oqilona foydalanish, suv va o‘g‘it sarfini kamaytirish hamda fermer xo‘jaliklari faoliyatini yanada samarali tashkil etish borasida ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarni izchil davom ettirish, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish hamda hosildorlikni yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4