Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat S.Ramatjonov tomonidan tumanning “Daxana” mahallasiga biriktirilgan xotin-qizlar faoli N.Tuychiyeva faoliyati o‘rganildi.

🔷O‘rganish davomida xotin-qizlar faoli tomonidan mahallada olib borilayotgan ishlar, xususan, ayollarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularni bandlikka jalb etish, oilaviy muammolarni bartaraf etish hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish borasidagi faoliyat tahlil qilindi. Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar holati ko‘rib chiqildi.

🔷Deputat tomonidan xotin-qizlar faolining aholi, ayniqsa, ehtiyojmand oilalar bilan muloqoti, ularning muammolariga yechim topishdagi sa’y-harakatlari ijobiy baholandi. Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlarda, jumladan, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb qilish va huquqiy ongini oshirish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1