Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida hududdagi muhim ijtimoiy masalalardan biri hal qilindi.

️ Jumladan, Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Ekologik partiyasi a’zosi Tuganbekov Oybek Baxrombekovich tomonidan 477-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida aniqlangan kamchiliklar (https://t.me/c/1232280918/7168), xususan, polni ta’mirlash, yerto‘ladagi suv quvurlarini to‘liq almashtirish, ichki pardozlash ishlarini qisman yangilash hamda foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan eshik va romlarni to‘liq almashtirish bo‘yicha masalalar sessiya kun tartibida ko‘rib chiqildi. 

Tuman deputatining hamda maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining murojaatiga asosan ushbu ishlarni amalga oshirish uchun 1 000 000,0 mablag‘ ajratildi. 

Ushbu qaror — ertangi kunimiz egalari bo‘lgan farzandlarimiz uchun munosib, xavfsiz va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish yo‘lidagi muhim qadamdir. Har bir bola sifatli sharoitda tarbiya topishga haqli bo‘lib, biz bu yo‘lda tizimli ishlarni davom ettiramiz. 

Muammolarni joyida o‘rganib, ularni amaliy hal etishga erishilayotgani — xalq ishonchining amaliy ifodasidir.

Slide 1 of 2