Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Inson qadri uchun: "Yulduz" mahallasida ijtimoiy ko‘mak va amaliy natijalar tahlil qilindi

Tahlil natijalari raqamlarda va hayotiy misollarda:

✔️ Sog‘liqni saqlash — eng oliy ne’mat:

Ijtimoiy himoyaga muhtoj, og‘ir xastalikka chalingan 1 nafar fuqaroga jigar operatsiyasi uchun davlat tomonidan 134 million so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi. Bu kabi yirik yordam bir inson hayotini saqlab qolish va oilasiga quvonch bag‘ishlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

✔️Inklyuziv ta’limga e’tibor:

Imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay, bilim olishga ishtiyoqi baland bo‘lgan 2 nafar bola inklyuziv ta’lim asosida shahardagi 15-sonli umumta’lim maktabiga o‘qishga joylashtirildi. Bu ularning jamiyatga moslashishi va tengdoshlari bilan birga kamol topishi uchun katta imkoniyatdir.

✔️Ijtimoiy reyestr va manzilli yordam:

I chorak davomida mahalla bo‘yicha ijtimoiy reyestrda turgan 92 nafar fuqaroning muammolari o‘rganilib, ulardan 89 nafariga turli ko‘rinishdagi (moddiy, huquqiy va ijtimoiy) amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

🫥O‘rganish jarayoni yakunida deputat I.Shatova mahalla faollari bilan doimo hamkorlikda ishlashini, aholi murojaatlari va ijtimoiy himoya masalalari doimiy deputatlik nazoratida bo‘lishini ta’kidladi.

💬"Ijtimoiy xodimning faoliyati — bu shunchaki raqamlar emas, balki ko‘makka muhtoj har bir fuqaroning dardi bilan yashashdir. 134 million so‘m evaziga saqlab qolingan hayot — islohotlarimizning eng oliy natijasidir," — deya qayd etdi deputat I.Shatova.

Slide 1 of 1