Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
deputat_nazorati

Aholi uchun qulay infratuzilmani shakllantirish, xususan, mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining holatini yaxshilash hamda ko‘chalarni tungi vaqtda yoritish masalalari doimiy e’tiborda bo‘lib kelmoqda.

Shu maqsadda, Kengash kotibiyati mudiri I. Xolov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi J. Norov tomonidan kunlik ish rejaga asosan “Darveshi” mahallasi hududida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida mahalladan o‘tgan ichki xo‘jaliklararo yo‘llarni shag‘allashtirish ishlarining amaldagi holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida yo‘llarning sifati, amalga oshirilayotgan ishlar sur’ati hamda aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar tahlil qilindi. Shuningdek, ko‘chalarni tungi vaqtda yoritishni yaxshilash bo‘yicha mavjud imkoniyatlar va dolzarb muammolar ham o‘rganildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar natijasida tegishli takliflar ishlab chiqilib, mas’ul tashkilotlarga taqdim etiladi. Bu esa mahallada yashovchi fuqarolar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3