Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Saylovchilar bilan uchrashuv

DEPUTAT VA SAYLOVCHI: AMALIY MULOQOT VA NATIJA

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlarining o‘z saylovchilari bilan uchrashuvlari tizimli ravishda davom etmoqda. Navbatdagi ochiq muloqot 10-"Xo'jayipok" saylov okrugi deputati M.Omonullayev hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimi E.Eshonqulov ishtirokida "Zevar" mahallasida bo‘lib o‘tdi.

✅Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholining dardu tashvishlarini tinglash, mahalla ahlining turmush sharoitini yaxshilash borasidagi takliflarini o‘rganishdir.

✅Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, unda quyidagilarga e’tibor qaratildi:

🔹 Mahalladagi ichki yo‘llar va elektr ta’minoti holati;

🔹 Aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka ko‘maklashish;

🔹 Saylovchilar tomonidan bildirilgan shaxsiy va jamoaviy murojaatlar.

✅Fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan deputatga yuzlandilar. Har bir murojaat sinchiklab o‘rganilib, ijrosi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

✅"Deputat — xalq va davlat o‘rtasidagi ko‘prikdir. Bizning vazifamiz saylovchilar ishonchini oqlash va har bir muammoga yechim topishdan iborat," — deya ta’kidladi uchrashuvda M.Omonullayev.

✅Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan muammolarning aksariyati joyida hal etildi, muddat talab qiladigan masalalar bo‘yicha esa deputatlik so‘rovi chiqarish yuzasidan kelishib olindi.

Slide 1 of 2