Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Umumta’lim maktabida sport anjomlari bilan ta’minlanish holati o‘rganildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Azmetov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning “S.Xondayliqiy” mahallasidan joylashgan 10-sonli umumta’lim maktabida sport anjomlari bilan ta’minlanish holati o‘rganildi.

🔷O‘rganish jarayonida maktabdagi sport zali, ochiq sport maydonchasi hamda mavjud anjomlarning holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Jumladan, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan to‘plar, gimnastika jihozlari, yugurish va sakrash uchun moslamalar, shuningdek, sport inventarlari va ularning texnik holati tahlil qilindi.

🔷Shu bilan birga, maktab ma’muriyati va jismoniy tarbiya o‘qituvchilari bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar, anjomlarga bo‘lgan ehtiyoj va ulardan foydalanish samaradorligi yuzasidan fikrlar o‘rganildi. Suhbat davomida ayrim sport jihozlarining eskirgani, ayrim turdagi anjomlar yetishmasligi hamda sport maydonchasini yanada jihozlash zarurati borligi ta’kidlandi.

🔷Deputat tomonidan o‘quvchilarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, zamonaviy va xavfsiz sport anjomlari bilan ta’minlash muhim ekani alohida qayd etildi. Shuningdek, mas’ul tashkilotlarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, maktabning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda yoshlarning sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6